Shan (xalq)
Shan (oʻzlarini — txay nyu deb ataydilar) — Myanmaning shim.sharqi (2,85 mln. kishi), Tailand va Laosdagi tai guruhiga mansub xalq. Umumiy soni 2,93 mln. kishi (1987). Dindorlari, asosan, buddaviylar. Sh.larning ajdodlari Hindixitoyda mil. av. 1ming yillik oxiri — mil. 1ming yillik boshida paydo boʻlishgan. 7-asrda ular ilk oʻrta asr Muanmau davlatini barpo etishgan. Bu davlat 16-asrda parchalanib ketgan. 1947-yil Sh.lar muxtoriyat huquqini olganlar (milliy Shan davlati). Anʼanaviy mashgʻuloti — dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash; hunarmandchilik taraqqiy etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |