Shanxay Grand teatri (simplified Chinese) — Shanxayning Huangpu tumanidagi Xalq maydonining shimoliy qismida joylashgan majmua. Binoda Shanxay opera teatri va boshqa ijrochi kompaniyalar joylashgan[1].

Shanxay Grand teatri
Umumiy maʼlumot
Maqomi Teatr
Shahar Shanxay
Mamlakat Xitoy
Qurilishi boshlangan 1994-yil
Narxi 1,3 milliard yuan
Texnik holati
Qavatlar soni 10 ta
Binoning ichki maydoni 62803 m 2
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Jan-Mari Sharpentier
shgtheatre.com
Shanxay Grand teatri

Fransuz arxitektori Jan-Mari Sharpentier tomonidan Sharqiy Xitoyning Arxitektura loyihalash instituti [2] bilan birgalikda loyihalashtirilgan. 1998-yil 27-avgustda ochilganidan buyon binoda opera, musiqa, balet, simfoniya, xitoy operalarini tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda[3].

Tarixi tahrir

1970-yillarning oxiridagi isloxotlar davrida Shanxayga xalqaro ijrochi guruhlar kelishi tobora koʻpaydi, ammo 1990-yillarga qadar spektakllar uchun katta teatr yoʻq edi. 1994-yilda 3000 million yuanlik davlat sarmoyasi bilan SGT qurilishi boshlandi[4].

 

Teatr binolari va arxitektura uslubi tahrir

Teatr binosi 8 qavat boʻlib, yer ostida ham 2 qavat mavjud.Bino umumiy maydoni 62803 m 2 ni tashkil qiladi. Jami investitsiya byudjeti 1,3 milliard yuanni tashkil etadi.

Butun bino uchta asosiy qismga boʻlingan: ular Auditoriya, Buik teatri va Studiya teatri. Binoda yana chiptalarni sotish markazi, balet mashgʻulotlari zali, guruh mashgʻulotlari zali, VIP zali, koʻrgazma zali, yodgorliklar doʻkoni, kofe bar, banket zali va garaj bor[5].

Muhim tadbirlar tahrir

  • 1999-yil Shaoxing opera versiyasining „Qizil palataning orzusi“ birinchi marta Shanxay Katta Teatrida namoyish etildi.
  • 1999-yil Shanxay katta teatri Rossiyaning Shanxay va Sankt-Peterburg shaharlari oʻrtasidagi doʻstlikning 11 yilligini nishonlash maqsadida „Malinskiy musiqa festivali“ni oʻtkazdi.
  • 2000-yil Shanxay Katta teatri va Sidney opera teatri ikki tomonlama sunʼiy yoʻldosh uzatish kontsertini oʻtkazdi.
  • 2001-yil Ispaniya va italiyalik tenor Domingo va Pavarotti tomonidan yakkaxon konsertlar boʻlib oʻtdi.
  • 2002-yil Teatr Osiyoda birinchi marta 21 ta ketma-ket spektakl bilan „Les miserable“ original klassik musiqiy asarini sahnalashtirdi.
  • 2012-yil Teatr „Pekin xalq sanʼati“ tashkil etilganining 60 yilligiga bagʻishlangan bir qator spektakllarni oʻtkazdi.
  • 2016-yil Teatrda „Yorqin Rossiya“ Malinskiy sanʼat festivali boʻlib oʻtdi, unda rus Malinskiy operasi, simfonik, xor va balet truppasi tomonidan 7 ta spektakl taqdim etildi.
  • 2017-yil Teatrda Malinskiy sanʼat festivali boʻlib oʻtdi, unda rus Malinskiy teatrining „Zolushka“ baleti va „Stravinskiy kechasi“ kontserti namoyish etildi.
  • 2018-yil Teatrda „2018 yilgi Jahon teatr faoliyati va rivojlanishi forumi“ boʻlib oʻtdi.
  • 2019-yil „Parij Operasining 350 yilligini nishonlash — Parij Opera Akademiyasi gala-konserti“ boʻlib oʻtadi.

Transport tahrir

Shanxay Grand teatriga quyidagi avtobus yoʻnalishlari bor: № 17, 20, 23, 37, 46, 48, 49, 71, 108, 109, 112, 123, 505, 506. Metro: „Xalq maydoni“ bekatidagi 1, 2, 8-qator

Manbalar tahrir

  1. „Opéra de Shanghai“ (fr). chine.in. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr. [sayt ishlamaydi]
  2. „East China Architectural Design & Research Institute - The Skyscraper Center“. www.skyscrapercenter.com. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  3. Xue, Charlie Q. L.. Building a revolution: Chinese architecture since 1980. Hong Kong University Press, 2006. ISBN 9622097448. 
  4. „剧院简介“. 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-may.
  5. Fu, Haicong (1998-05-20). "The space and visual sense of the auditorium of Shanghai Grand Theater". Time + Architecture 4: 32–37. ISSN 1005-684X. http://ss.zhizhen.com/detail_38502727e7500f262ba73d3c75eb895add194fffc4cbdb9c1921b0a3ea255101fc1cf1fbb4666ae66f767d1266fe2de6e980992f34b4ce659a87fb8e0c5f6f85823444a7bd344bbed3848a569d9fa567?&apistrclassfy=0_18_20. 

Havolalar tahrir