Shariat
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad•
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Ashari mubashshara |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
Shariat (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — Islom huquq tizimi. Sharhida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablar hamda qonun turlari berilgan.Musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy,iqtisodiy, siyosiy,huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Sh. meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon,sunnat,ijmo va qiyos asos qilib olingan. Sh. huquqiy tizim sifatida 11 —12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.
Islomda sunniylik va shialikdagi Sh. tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Sharhida davlat(xalifalik) xuquqiy meʼyorlari va majburiyati,meros,jinoyat,jazo,oila,nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Sh. xususiy mulkni Alloh tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi. Sharhida barcha xatti-harakatlar,dastlab 2 tur: harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Sh. shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (Alloh yagonaligiga ishonish, namoz oʻqish, zakot berish, ro'za tutish, Haj ziyoratini ado etish kabilar); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (misol u-n: uylanish,sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (misol u-n: bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (misol u-n: soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (misol u-n: choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, aroq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Sh. jinoyat uchun qatʼiy, lekin odilona choralarni belgilab bergan.
SH. ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Sh. ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz Sh. ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi (yana q. Musulmon huquqi).
Adabiyot Tahrirlash
- Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, 1j., T., 2000; Abdulvahhob Xallof, Usul ul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2qism, T., 1997; 3—4 qism. T., 1999; Abdulhakim Sharʼiy Juzjoniy, Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqixlari, T., 2002; Saidov A.H., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.
Shariat (arab tilida:شريعة) deganda Islom Huquqshunosligi tushuniladi. Ushbu soʻz "yoʻl" maʼnosini anglatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |