Sharj
Sharj (frans. charger — yuklamoq) — sheʼriy yoki nasriy satirik, yumoristik asardagi biror bir shaxsga oid hajviy xususiyatlar ustidan kulish. Hajvgoʻy shoirlar, yozuvchilar yoki karikaturachilar oʻzlarining Sh.lari bilan shaxe xarakteriga xos boʻlgan maʼlum xususiyatni biror bir narsa yoki predmetga qiyos qiladilar va uni oʻta mubolagʻali tarzda tasvirlaydilar. Kishi tabiati yoki tashqi qiyofasidagi biror jihatni Sh. sifatida samimiy qiyoslash yoki oʻxshatish doʻstona hazil sheʼrlarda ham uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |