Sharofiddin Aʼlam Ibn Nuriddin Oxund

Sharofiddin Aʼlam Ibn Nuriddin Oxund (17-asr 18-asrning 1choragi) — tarixchi olim. Andijon viloyatida tugʻilgan. Keyinchalik Samarqand shahrida yashagan. Hayoti haqida maʼlumotlar deyarli saqlanib qolmagan. "Tarixi Said Roqim" ("Said Roqim tarixi") asarida Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda Amir Temur davridan to 1645-yilgacha, yaʼni ashpgarxoniylartn Buxoro xoni Abdulazizxon taxtga oʻtirguncha boʻlgan davr tasvirlangan. Asarda muhim tarixiy voqealar izchil xronologiya asosida yoritilgan. Xususan, yirik ulamolar, shayxlar, shoirlar va hofizlar haqida muhim maʼlumotlar mavjud.

"Tarixi Sayd Roqim" asari Mirza Salimbek tomonidan Toshkentda nashr etilgan (1913). Asar qoʻlyozmalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi (30 dan ortiq) hamda Sankt-Peterburg, Dushanba va Angliya, Fransiya, Misr va Saudiya Arabistonida sakdanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Axmedov B.A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. T., 1985.