Sharofiddin Eshonxo'jaev
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Sharofiddin Eshonxo'jaev (1927-yil Toshkent)- sharqshunos-filolog-uygʻurshunos, filologiya fanlari nomzodi. SAG (hozirgi OʻzMU) sharq fakulteti Sharqiy Turkiston boʻlimining 1949-yil bitiruvchisi.
1950-yildan Oʻzbekiston Ministrlar Soveti qoshidagi Madaniy oqartuv muassasalari komitetida Markaziy leksiya byurosining direktor oʻrinbosari. 1952-yildan Toshkent shahar Ijroiya Komiteti qoshidagi Madaniy-oqartuv muassasalari boʻlimining shahar leksiya byurosida lektor. Oʻz SSR Tashqi mamlakatlar bilan madaniy aloqalar jamiyatida referent. 1959-yildan Oʻz FA TAIda kichik ilmiy xodim, 1994-yillargacha (nafaqagacha) katta ilmiy xodim.
Ilmiy yoʻnalishi
tahrir- matnshunoslik, oʻzbek adabiyoti. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi (1985).
Asosiy ilmiy ishlari:
tahrir- Nomz. diss. mavzusi: “Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr” asari». – T., 1966.