Sharofiddin Isomiddinovich Yusupov (1945.29.4, hozirgi Rishton shahri) — kulol, sulola davomchisi; zamonaviy rishton kulollik maktabining yirik vakili. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991). Yoshligidan otasi usta Isomiddin Yusupov (1884—1959) bilan yonmayon ishlab, rishtonlik usta Musa va gʻurumsaroylik usta Hakimga shogird tushib hunar oʻrgangan; ayniqsa, usta Ibrohim Komilovaan rishton kulollik maktabiga xos boʻlgan tabiiy xom ashyodan ishqorli sir tayyorlashni puxta egallagan. 1963-yildan Rishton keramika zavodida kulol, usta (1978—80 yillarda bosh rassom). 197478-yillarda Qoʻqon shahrida ishqorli sirni sanoatga tatbiq etish boʻyicha oʻtkazilgan tajribalarda qatnashgan. Yu. rishton kulollik maktabi anʼanalarini ijodiy oʻzlashtirdi va rivojlantirdi, uni yangi mujassamotlar, ranglar uygʻunligi, ramziy belgilar va boshqalar xususiyatlar bilan boyitdi; u yaratgan lagan, koʻza, kosa, shokosa va boshqalar sopol buyumlarida "chorbarg", "bodomgul", "anorgul" va boshqalar tasvirlarni, oq (sut rang) zaminda yashilmoviy, jigarrangbinafsha rang, yashilkoʻk uygʻunligidagi rang koloritini qoʻllaydi. U yaratgan sirkori bezaklar zamonaviy meʼmorlikda keng qoʻllanadi.

Yusupov asarlari bilan respublika va xorijiy koʻrgazmalarda qatnashadi. Asarlaridan namunalar respublika va xorijiy davlatlar muzeylari va shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi.

Manbalar tahrir