Sharqiy avstraliya oqimi
Sharqiy avstraliya oqimi - Tinch okeandagi iliq yuza oqim, Janubiy Passat oqimi tarmogʻi. Avstraliyaning sharqiy qirgʻoqlari boʻylab shim.dan janub tomon oqadi. Tezligi 1,1—1,8 km/soat, markazida 2,7 km/soat. Suvining temperaturasi qishda 11—20°, yozda 15— 26°. Suv sarfi 30 mln. m³/sek. Tasmaniya o. yaqinida Gʻarbiy Shamollar oqimiga qoʻshilib ketadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |