Sharqiy tinch okean koʻtarilmasi
Sharqiy tinch okean koʻtarilmasi — Tinch okeandagi suv osti oʻrtaliq tizmasi, boshqa oʻrtaliq tizmalardan okeanning sharqiy chekkasi tomon siljiganligi bilan farqlanadi. Uzunligi 7600 km, eni 850 km gacha, tizmalar ustidagi eng kam chuq. 732 m. Eng baland choʻqqilari Pasxa va Galapagos o.larini tashkil etadi. Juda keng va yon bagʻirlarining choʻzilib ketganligi uchun koʻtarilma deyiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |