Sharshara
Sharshara — daryo oʻzanidagi tik jarliklardan suvning pastga otilib tushishi. Suv bir nechta pogʻonalardan oqib tushib, Sharsharalar qatori — kaskad hosil qilishi mumkin. Dare yumshoq va qattiq jinslardan tarkib topgan joylardan oʻtganda yumshoq jinsli joyni oʻyib kirib pogʻona hosil qiladi va shu pogʻonalardan pastga otilib tushadi. Sharshara pogʻonasi betoʻxtov yemirilib turadi va Sharshara oqimning yuqori tomoniga siljib boradi. Pogʻona tez yemirilib borgan joylarda Sharshara oʻrnida ostonalar hosil boʻladi. Togʻlardagi tor vodiy va daralarning oʻpirilib tushgan qattiq togʻ jinslari bilan toʻsilishi oqibatida hamda tekisliklarda daryoning qattiq jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan joylardan oʻtishida ham Sharsharalar paydo boʻlishi mumkin.
Oʻrta Osiyo daryolarining togʻli hududlaridagi irmoklari, soylar baʼzi joylarda uncha katta boʻlmagan Sharsharalar (mas, Sangardakdaryo Sharsharasi) hosil qilgan. Daryolardagi Sharsharalar kema qatnovi va yogoch oqizishga xalaqit beradi, biroq GESlar qurish uchun kulaydir.
Dunyodagi eng baland va mashhur sharsharalarNomi Joylashgan oʻrni BalandAnxel Jan.Amerika 1054Tugela Afrika 933Yosemit Shim.Amerika 727Utigard Yevrosiyo 610Saterlend Okeaniya 580 Viktoriya Afrika 120Iguasu Janubiy Amerika 72 Niagara Shim.Amerika 51Boyoma Afrika 40
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |