Shato — oʻrtaosiyolik hunnular avlodi boʻlgan chuyus qabilasi tarmogʻi. Jungʻoriyaning sharqida, Borkoʻl boʻyida yashaganlar. Tan davlatiga tobe boʻlgan. 794 yil xitoy amaldorlarining zulmi natijasida tibetliklar homiyligiga oʻtishgan va hozirgi Gansu viloyati hududiga koʻchishgan, lekin 808 yil yana Tan davlati hududiga qaytib Ordosga joylashganlar. 880—883 yillarda Xitoy hukumatiga Xuan Chao qoʻzgʻolonini bostirishda yordam berganlar, evaziga Shansi viloyatining bir qismini olishgan. Tan sulolasi agʻdarilgach (907), uni tiklash uchun kurashib, 923 yil Shimoliy Xitoyni tobe etishgan. Bu yerda ular keyingi Tan sulolasiga asos solishgan, bu sulola 937 yil barham topgan. Sh.larning bir qismi xitoyliklarga aralashib ketgan, choʻlda yashaydiganlari esa taxminan 1000-yil nestoriylikni qabul qilib Xitoydan ajralganlar. Ularning ajdodlari oʻngʻut yoki "oq tatar" nomi ostida mashhur boʻlib, 1204-yil oʻz ixtiyorlari bilan Temuchin (Chingizxon) ga qoʻshilganlar.

Adabiyot

tahrir
  • Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1968; Poiski vshnshlennogo sarstva, M., 1970.