Shaurs pishlog‘i
Shaurs pishlogʻi (fransuzcha: Chaource) — sigir sutidan tayyorlangan yumshoq fransuz pishlogʻidir.
Tarixi
tahrirPishloq XIV-asrdan beri maʼlum. Afsonaga koʻra, Pontigny Abbatligi rohiblari bu pishloqni tayyorlashni boshlaganlar. 1977-yil 21-yanvarda Shaurs AOC tomonidan sertifikatlangan. 2007-yilda 2446 tonna Shaurs pishloq ishlab chiqarilgan[1]. 2009-yilda Shaurs ishlab chiqaruvchi 90 ta sut fermasi mavjud edi.
Tayyorlanishi
tahrir2 dan 4 haftagacha davom etadigan yetilish jarayonida zardob tabiiy ravishda ajratiladi. Dastavval, kalye devorlarida teshiklari va pastki qismi boʻlmagan qoliplarga quyiladi. Biroz vaqt oʻtgach, pishloq qattiqlasha boshlaganda, u qolipdan olinadi va yana zardobi ajralib chiqishi uchun yogʻoch javonlarga yoki quruq, harorat bilan boshqariladigan podvalga somonga teriladi. Baʼzan, oʻzgacha xushboʻylik berish uchun, pishloq quruq chinor barglariga oʻraladi.
Shaurs butun yil davomida ishlab chiqariladi.
Tavsifi
tahrirQalin qatlamli penicillium candidum oq mogʻor bilan qoplangan pishloq boshi silindrsimon 8 yoki 11 sm diametrli shaklga ega, balandligi 6 sm va ogʻirligi 200 yoki 450 g. Pishloq har doim qogʻozga oʻraladi. Pishloqning yogʻ miqdori — 50%. Pishloq qoʻziqorin va oʻrmon yongʻoqlari xushboʻyligi bilan nozik, ozgina nordon taʼmga ega.
Shaurs odatda shirinlikdan oldin isteʼmol qilinadi, baʼzan esa aperitiv bilan tortish uchun kvadrat shaklida kesiladi. Pishloq bilan eng uygʻun Chablis blanc va Irancy Burgundiya vinolaridir.
Manbalar
tahrir- ↑ „2 500 tonnes par an“ (fr) (5 janvier 2009). 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
Havolalar
tahrir- „Chaource (PDO)“ (en) (deadlink). 2012-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
- „Les fromageries d’Armançon“ (fr). Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
- „Spécialités“ (fr) (deadlink). 2009-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
- „Сыр Шаурс“ (ru) (deadlink). 2011-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.