Shavkat Fozilovich Abdusalamov (1936-yil 28-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek, sovet va rus rassomi, aktyor, yozuvchi, rejissor.

Shavkat Abdusalomov

Rossiya Federatsiyasining 2011-yilda madaniyat sohasini taqdirlash marosimidan
Tavalludi 28-aprel 1936-yil (1936-04-28) (86 yosh)
Fuqaroligi Flag of the Soviet Union.svg Sovet Ittifoqi
Kasbi Aktyor, kinorejissor, ssenariychi

Tarjimai holTahrirlash

Shavkat Abdusalomov 1966-yilda UDKI (Umumrossiya davlat kinematografik instituti)ni tamomlagan. Andrey Tarkovskiy, Elem Klimov, Ali Hamroyev filmlarida postanovkachi-rassom sifatida faoliyat olib borgan. A.Hamroyevning „Ma’buda“, „Tansoqchi“ filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Oʻzining ilk shaxsiy koʻrgazmasini 1972-yilda ochiladi, ammo suratlarning koʻpi diniy mavzuda boʻlgani bois bir zumda yopiladi[1]. Abdusalomovning chizgan suratlar Tretyakov galereyasida, AQSHdagi Nensi va Norton Dodjlar kolleksiyasida saqlanadi. 2000-yilda Shavkatning „Yakkashoh“ romani Rossiya Buker mukofotining katta roʻyxatiga kiritilgan. 2002-yilda rassom rejissor sifatida „Bayruda“ filmini suratga oldi.

Abdusalomovga siz oʻzizni qaysi kasbda koʻrasiz rassom, yozuvchi, rejissormi degan savolga shunday javob beradi: "Men hozir kimman?.. Odamlarni va hayvonlarni sevadigan odam... Hayvonlarni tushunadigan, odamlarni tushunishga harakat qiladigan odam... ".

1920—2012-yillarda bir necha bor Moskvada boʻlgan Tonino Gerra Shavkat Abdusalomovni ustaxonasiga tashrif buyurgan uning asarlari va butun hayot falsafasiga yuqori baho bergan[2].

KoʻrgazmalariTahrirlash

2005-yil 9-dekabrdan 2006-yil 22-yanvargacha Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyida Sh.Abdusalomovning „Shavkat-A makoni“  koʻrgazma ishlari boʻlib oʻtdi, u ham shu nomdagi albom chiqishiga turtki boʻldi.

FilmografiyasiTahrirlash

Rassomlik ishi
  1. 1966-yil — oppoq-oppoq laylaklar
  2. 1966—1967-yillar — Yuras Bratchikning hayoti va yuksalishi
  3. 1971-yil — Rustam haqida afsona
  4. 1974-yil — Ozor
  5. 1976-yil — Siyovush haqida afsona
  6. 1979-yil — Daydi (akkreditasiya qilinmagan)
  7. 1979-yil — Ma’buda
  8. 1979-yil — Tansoqchi
  9. 1983-yil — Qobulda saraton yozi
  10. 1987-yil — Yo ketmoq, yo qolmoq
  11. 1988-yil — Tornado
  12. 1989-yil — Ulugʻ vatan urushidagi kichik odam 
  13. 2002-yil — Kostroma
  14. 2002-yil — Bayruda
  15. 2004-yil — Toʻrt; Aktyorlik faoliyati
  1. 1974-yil — Daydi
  2. 1979-yil — Tansoqchi - Fottabek (Oleg Yankovskiy ovozida)
  3. 1979-yil — Ma’bud
  4. 1979—1984-yillar — Olovli yoʻllar - Umid
  5. 1987-yil — Inqilob vakili
  6. 1989-yil — Ulugʻ vatan urushidagi kichik odam
  7. 2004-yil — Toʻrt
  8. 2007-yil — Uchinchi osmon; Mualliflik ishi
  1. 2002-yil - Bayruda (Takvash taxallusi bilan); Rejissor
  1. 2002-yil – Bayruda (Takvash taxallusi bilan)

AdabiyotlarTahrirlash

  • Отшельник Такваш. Единорог. Из тетрадей скитальца по межконтинентальному пейзажу. — М. : Фонд „Лики культур“, 1999. — 336 с. — 1000 экз. — ISBN 5-901222-01-6.

HavolalarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. "Феллини нет, Тарковского нет, Антониони снимать уже не будет, пусть снимает Шавкат..."
  2. Пространство Шавкат.А