Shaxs (til shu nosl ikda) — ishharakatning soʻzlovchi nuqtai nazaridan uning bajaruvchisiga aloqadorligini ifodalovchi, oʻzaro qarama-qarshi shakllar tizimidan iborat grammatik kategoriya, morfologik koʻrsatkich. Sh. shakllari ish-harakatning soʻzlovchiga (1-Sh.), tinglovchiga (2-Sh.) va suhbatda ishtirok etmovchi oʻzga shaxsga (3-Sh.) qarashliligini biddiradi. Harakat obʼyektining Sh.i koʻp tillarda, jumladan, turkiy tillarda asosan feʼl orqali ifodalanadi. Mas, oʻzbek tilida — koʻrdim, koʻrganman — 1-Sh.; koʻrding, koʻrgansan — 2-Sh.; koʻrdi, koʻrgan — 3-Sh. shakllaridir; dan (dat) va malayalam tillarida har uchala Sh. uchun bir xil feʼl koʻrsatkichi qoʻllanadi — u yoki bu Sh. matnda anglashiladi.

1 va 2-Sh. shakllari Z-shahriga ikki belgi boʻyicha qarama-qarshi qoʻyiladi: a) ular hamisha Sh. maʼnosiga ega boʻladi; b) ushbu Sh.larda nutq jarayoni (suhbat) ishtirokchilarigina ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadilar; 3-Sh. esa: a) shaxs yoki predmet maʼnosiga ega boʻla oladi, 2) ish-harakatning ushbu Sh. orqali ifodalangan bajaruvchisi suhbat ishtirokchisi hisoblanmaydi.

SH. kategoriyasi feʼlning boshqa kategoriyalari (mayl, zamon, nisbat kabilar) bilan paradigmatik va funksional munosabatlar orqali bogʻlanadi. Ayniqsa, Sh. kategoriyasining son kategoriyasisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shuning uchun ularni birgalikda nomlab, shaxsson kategoriyasi, ushbu maʼnoni ifodalovchi shakl (koʻrsatkich)lar esa shaxsson qoʻshimchalari deb ham ataladi.

SH. tushunchasi muayyan leksemalar bilan kishilik olmoshlari tizimida, maxsus affiksal morfemalar (egalik qoʻshimchalari) yordamida otlarda ham ifodalanishi mumkin. Bunda kishilik olmoshlari (men, sen, u; biz, siz, ular) bajaruvchi Sh. larni, egalik qoʻshimchalari esa (kitobim kitobing. kitobi) biror narsa — buyumning uch shahridan qaysi biriga qarashli ekanini bildiradi.

Adabiyot

tahrir
  • Oʻzbek tili grammatikasi, 1-j., Morfologiya, T., 1975; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980.

Azim Hojiyev.