Shaxtyor stadioni (Qaragʻandi)
"Shaxtyor" – Qaragʻandi shahrida joylashgan stadion. Stadion 1958-yilda qurilgan. Dastlabki maydoni 2,6 gektar edi, lekin keyinchalik unga tutash bir nechta binolar qurilgan va yerlar qoʻshilgan. Bugungi kunda shaharning asosiy sport arenasi maydoni 14 gektarga yetgan. Bu yerda aholi nafaqat futbol, balki yengil atletika, boks, pauerlifting, bodibilding, konkida uchish, gorodki, xokkey, stol tennisi, basketbol, voleybol, ogʻir atletika, velosport, turizm, poliatlon, mini-futbol bilan ham shugʻullanadi. Qozogʻiston futbol federatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, „Shaxtyor“ markaziy stadioni respublikadagi eng koʻp muxlislar tashrif buyuradigan sport inshooti hisoblanadi[1][2]. „Shaxtyor“ stadioni 2011-yil 29-oktyabr kuni stadionga 18 900 muxlis tashrif buyurib tomoshabinlar soni boʻyicha rekord oʻrnatgan.
Joyi | Qarag'anda, Qozog'iston |
---|---|
Qachon ochilgan | 1958 |
Qachon taʼmirlangan | 2001, 2006 |
Egasi | Municipality of Karaganda |
Yuzasi |
Grass 104m x 72m |
Hajmi |
|
Maydon egalari | |
|
Tarix
tahrirBirinchi oʻyin 1958-yil 12-avgustda boʻlib oʻtgan. Debyut oʻyinda „Shaxtyor“ jamoasi Xitoyning „Chang-Chun“ jamoasiga qarshi oʻynagan[3][4]. 1960—1970-yillarda „Shaxtyor“ stadionida Polsha, Meksika, Laos, Koreya jamoalari ishtirokida xalqaro oʻyinlar oʻtkazilgan.
2001-yilda „Shaxtyor“ stadionida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari olib borilgan. Shveysariyaning Motomatic AG kompaniyasi tomonidan tabiiy futbol chim oʻrnatilgan, tribunalar tubdan rekonstruksiya qilindi, zamonaviy yugurish yoʻlaklari oʻrnatildi. Tribunalar ostida butun bir shaharcha sport zallari joylashgan.
2000-yillarga kelib, stadion maydoni 14 gektarga koʻpaygan. 2004-yilda zamonaviy koʻp funktsiyali „Jastar“ sport majmuasi foydalanishga topshirilgan. 2006-yil iyuniga qadar „Kazakmys“ xokkey jamoasining bazasi boʻlgan va 2006-yil iyulidan „Shaxtyor“ futbol jamoasining bazasiga aylangan.
2006-yilda „Shaxtyor“ stadioni UEFA litsenziyasini olgan. „Shaxtyor“ stadionida xalqaro va respublika ahamiyatidagi musobaqalar oʻtkaziladi.
Tuzilishi
tahrir- Belgilangan roʻyxat elementi
- Markaziy arena: futbol maydoni, yengil atletika sektori va yugurish yoʻlagi, 19500 oʻrinli tribuna
- Sunʼiy oʻt bilan qoplangan qoʻshimcha maydon
- Ochiq voleybol maydoni
- Tennis kortlari
- Stol tennisi oʻynash uchun zal
- Kiyinish xonasi
- Doping nazorati xonasi
- Hakamlar uchun kiyinish xonasi
- Tibbiy nazorat idorasi
- Yengil atletika, boks, pauerlifting, bodibilding, konkida uchish, gorodki, xokkey, basketbol, voleybol, ogʻir atletika, velosport uchun maydonlar.
Fotogalereya
tahrir-
"Shaxtyor" stadioni
-
Kechqurun stadionning ko'rinishi
Manbalar
tahrir- ↑ Думан Балыкбаев. „Самый посещаемый «Шахтёр» / Футбол“. sports.kz (2012-yil 3-yanvar). 2012-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ Игорь Киперчук. „На трибунах становится тише…“. sports.kz (2012-yil 28-yanvar). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Пресса о Шахтёре 1958 год“ (ru). История, статистика, программки ФК «Шахтёр». 2017-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „О центральном стадионе“ (ru). Официальный сайт стадиона «Шахтёр». 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan.