Shaybon, Shayban (13-asr) - Joʻjixonning beshinchi oʻgʻli, Chingizxonning nabirasi, shayboniylar bobokaloni. Joʻjixonning qarorgohi — Dashti Qipchoqning Koʻk oʻrda degan yerida ulgʻaygan. Qoraqurumda boʻlgan qurultoy (1229)da akasi Botuxon bilan birgalikda qatnashib, Oʻqtoyni ulugʻ xon (qoon) qilib saylashgan. Soʻngra Botuxon bilan birgalikda Oʻqtoyning Xitoyga qilgan harbiy yurishlarida ham hamrohlik qilgan. Xitoy toʻla boʻysundirilgach, Dashti Qipchoqqa — Joʻji ulusiga qaytgan. Botuxonning Sharqiy Yevropaga qilgan harbiy yurishlarida ham qatnashgan.

AdabiyotTahrirlash

  • Mirzo Ulugʻbek, Toʻrtulus tarixi, T., 1994;
  • Abul gʻoziy , Shajarayi turk, T., 1992.