Soniy, shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy (1950, Doʻha) — Qatar davlat arbobi. Buyuk Britaniyadagi Sanderxest harbiy bilim yurtinitugatgan (1971). Generalmayor. 1971-yildan harakatlanuvchi batalon komandiri, soʻng qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni. 1977-yil 31 mayda valiaxd shahzoda deb eʼlon qilingan va mudofaa vaziri etib tayinlangan. Keyinchalik Rejalashtirish oliy majlisi raisi. 1979—91 yillarda Yoshlarga gʻamxoʻrlik qilish qoʻmitasi raisi. 1995-yildan Qatar Davlati amiri.