Shayx Kabir masjidi
Shayx Kabir masjidi – masjid Kubroviylik talimotining asoschisi 1145-1221 yillarda yashagan Najmiddin Kubro sharafiga XIX asrda qurilgandir. Masjidning hududi XX asrgacha shimoli-gʻarb tarafga qarab kengaygandir aniqroq qilib aytganda Pahlavon Mahmud maqbarasi tomondagi qabriston tarafga. Masjid qurilishi bir muncha uzoq vatq ketgan. Biroq Muhammad Rahimxon II (1845-1910) davrida masjid qurilishi yakuniga yetgan. Masjidning gʻarbiy tomonida Katta xonaqoh bor. Masjid Kalta minor yaʼni Muhammad Aminxon minorasi yonida joylashgan. Masjiddagi noyob arxeologik buyumlarga keladigan boʻlsak bu yerda yogʻoch oʻymakorlik eshigi, gumvbazning burchagidagi muqarnaslari, masjid ichidagi kufiy yozivida bitilgan epigrif bitiklari va masjidning ayvoni hisoblanadi. Shuningdek ayvonnning gʻarb tarafigadi devorga tokcha va mehrob va yoʻgʻoch ustunlar ham mavjud.[1]
Masjid | |
Shayx Kabir masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Xorazm |
Mulkdor | Davlat mulki |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Restavratsi ishlari
tahrirShavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda turizm sohasiga etibor qaratdi. Davlat rahbari viloyatda turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini maʼlum qildi.
Unga koʻra:
– Urganchdagi Pahlavon Mahmud va Xivadagi Alleya hududlarida „Turizm koʻchasi“ barpo etiladi.
– Xiva shahriga tezyurar poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilib, turistlar oqimi kamida 2 barobarga oshadi.
– „Manguberdi vataniga sayohat“ nomli ichki turizm dasturi orqali, har yili 500 mingdan ziyod oʻquvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish moʻljallanmoqda.
– Eʼtibordan chetda qolgan 100 dan ziyod madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilishga davlat buyurtmasi joriy qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilma tiklanadi. Buning uchun, budjetdan har yili 50 milliard soʻm ajratiladi.
– Ichan-qal’adagi Najmiddin Kubro saboq bergan Shayx Kabir masjidi, xonaq́oh va chillaxona rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi.
– Arab Muhammadxon madrasasidagi 56 mingta eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi muzey tashkil etiladi. Hozirda obyektlar ziyoratga aylantirilgan[2].