Shayx Odina Muhammad Xorazmiy maqbarasi – Xorazm vilotari Bogʻot tuamnidagi arxetektura yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Maqbara 1826-yilda Xiva xoni Olloqulixon tomonidan qurilgan boʻlib maqbara Shayx Odina Muhammad Xorazmiy qabri ustiga bunyod etilgan. Ammo Shayx Odina Muhammad Xorazmiyning qabri qachon paydo boʻlganlagi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Shayx Odina Muhammad Xorazmiy „Mirot ul obidiyn“ (Obid insonlar koʻzgusi) va „Tavbat ut toyibin“ (Tavba qilivchilarning tavbasi) nomli asarlar muallifi[1]. Ayni kunlarda Shayx Odina Muhammad Xorazmiyning avlodlari Xorazm viloyati Bogʻot tumanida yashab kelmoqda.

Shayx Odina Muhammad Xorazmiy

Asarlari

tahrir

Mirot-ul-obidiyn – asarda shariat masalalari boʻyicha soʻz boradi. Asar tasavvufning ilk bosqichi hisoblanadi. Asarda namoz va tahorat inson qalbini kibr, hasad, tama, zulm, riyo kabi yomon odatlardan saqlaydi deb oʻtilgan. Asarning boshida Alloh taolaga va uning paygʻambariga zikr aytilgan.

Tavbat-ut-toyibin – asar Mirot ul obidiynning davomi sanaladi va asosan tavba toʻgʻrisida toʻxtaladi. Shuningdek badaning gunoh ishlardan saqlanishi, gunoh qilib qoʻyganda tavba qilish toʻgʻrisida bayon etilgan. Unda tavbaning shakllari, uning mohiyati va ahamiyati xususida soʻz borgan[2].

Jaloliddin Rumiyning Masnaviysiga sharh Shayx Odina Muhammad Xorazmiy asarni sharhlashdan avval unga muqaddima yozadi va uni olti faslga boʻladi.

  • Birinchi fasl – muallifning boshlangʻich holi;
  • Ikkinchi fasl – ilm va jazba hamda tajalliyotning boshlanishi;
  • Uchinchi fasl – ayn ul-yaqinning martabasi va soliqlarning tahqiqi;
  • Toʻrtinchi fasl – haq martabasi va soliqlar darajasining nihoyati;
  • Beshinchi fasl – tahqiq ahlining zikri va ular bilan boʻladigan suhbatlar;
  • Oltinchi fasl – kamol ahlining sifati va Ilohiy xoslarning Allohu taolaga yetishish yoʻlining bayoni berilgan.

Manbalar

tahrir
  1. MODDIY MADANIY MEROSNING KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDAgi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2019 yildagi 846-son
  2. Mirot ul obidiyn. Sayid Odina Muhammad Xorazmiy. Mahmud Xasaniy tarjimasi. Toshkent. 2008.