Shayx Umar Xon (1975-yil 6-mart — 29-iyul 2014-yil) 2014-yilda mamlakatda Ebola epidemiyasini bostirishga uringan Syerra-Leonelik bosh shifokorlardan biri hisoblanadi[1].

Shayx Umar Xan
Tavalludi 6-mart 1975-yil
Vafoti 29-iyul 2014-yil(2014-07-29)
(39 yoshda)
Fuqaroligi Syerra Leone
Kasbi shifokor

Virusologning oʻzi virusga duchor boʻlgunga qadar yuzdan ortiq bemorlarni davolash bilan shugʻullangan. U Syerra-Leone Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan „milliy qahramon“ sifatida tan olingan[2]. Xon uzoq vaqt davomida Afrikada yiliga 5000 dan ortiq odamni oʻldiradigan Lassa isitmasi kasalligi bilan ogʻrigan aholini davolash bilan shugʻullangan. U Ebola bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish uchun shifoxonani kengaytirgan. Syerra-Leone prezidenti Ernest Bai Koroma Shayx Umar Xonni „milliy qahramon“ mukofoti bilan taqdirlagan[3]. Umar Xonning palatasidan chiqayotgan, Ebola virusidan davolangan bemorlarni quchoqlab, ularning kayfiyatini ko‘tarish odati bor edi. [4]

Xon 2010-yilda rezidentlik qilish uchun Ganaga kelganida Korle-Bu oʻquv kasalxonasida faoliyat olib borgan. Unga Gana shifokorlar va jarrohlar kollejiga ichki kasalliklar boʻyicha 3 yillik rezidenturaga oʻqishga kirishi taklif qilindi. Trening doirasida u Korle-Bu oʻquv kasalxonasining tibbiyot boʻlimiga aʼzo qilib tayinlangan. 

Oʻlim tahrir

Xon bemorlarni davolashda shaxsiy himoya vositalarini kiyishga juda ahamiyat bergan[5]. Virus havo orqali yuqishi mumkin emasligiga ishonib, u Ebola virusi bilan kasallangan bemorlar bilan qoʻrqmasdan ishlagan[6]. Tavsiya etilgan protokollarga rioya qilishiga qaramay, Xon virus bilan kasallangan va 2014-yil 29-iyulda Médecins Sans Frontières tashkiloti tomonidan boshqariladigan muassasada vafot etgan[7]. Unga ZMapp eksperimental preparatining maʼlum dozasi ichish taklif qilinmadi, ammo usha vaqtda mazkur dori vositasi mavjud boʻlgan[8]. Syerra Leone prezidenti Ernest Bai Koroma Shayx vafotidan bir hafta oldin, uning davolash markaziga tashrifi kutilayotgan edi[9].

Mukofot va unvonlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Sierra Leone's chief Ebola doctor contracts the virus“. af.reuters.com. Reuters. 2014-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  2. Gander. „Ebola virus: Top Sierra Leone doctor, Sheik Umar Khan, dies of disease aged 39“. www.independent.co.uk (2014-yil 30-iyul). Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  3. „Sierra Leone 'hero' doctor's death exposes slow Ebola response“. Fox News (2014-yil 25-avgust). Qaraldi: 2014-yil 25-avgust.
  4. „Interview: Sierra Leone's Ebola doctor feared for his life“. 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. „Indeed yes, they no longer have Ebola and in fact as a matter of fact these are people I embrace myself on the day of discharge because don’t forget the stigma about Ebola with some people you have to give them certificates so that by the time they return to their villages people will understand that they are no more suffering from the disease and they are free to interact with the population.“.
  5. „Interview: Sierra Leone's Ebola doctor feared for his life“. 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. „"I make sure whenever I am going into the isolation unit I am in my full protective clothing, and I make sure my nurses are all in theirs" he said to me. "I even have a mirror in my office"“.
  6. „Interview: Sierra Leone's Ebola doctor feared for his life“. 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. „I am not afraid of working. It is all about contact, it is all about bodily fluids.“.
  7. „Meeting Dr Khan, Sierra Leone Ebola arrowhead“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. „But someone should tell him that the nation is praying for him. He deserves the prayer of all of us and for more reasons than one.“.
  8. Kelly Crowe. „Top Ebola doctor in Sierra Leone dies from virus“. Canadian Broadcasting Corporation (2014-yil 18-avgust). Qaraldi: 2014-yil 21-avgust.
  9. „Top Ebola doctor in Sierra Leone dies from virus“. The Guardian (2014-yil 29-iyul). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyul.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 20-sentyabr, 2022-yil(2022-09-20) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.