Erkin Shayxov
Erkin Turdiyevich Shayxov (1927.13.11, Toshkent — 2009.3.7, Toshkent) — iktisodchi olim, Oʻzbekiston Qishloqxoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), professor (1977). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan(1948). 1949— 60 yillarda komsomol va partiya ishlarida ishlagan. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—71), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri (1971 — 75), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (1991-yildan Toshkent agrar universiteti) rektori (1975—95), ayni paytda shu institut qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, 1995-yildan maslahatchiprofessor Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi tarmoklari iqtisodiyoti, tannarx, ishlab chiqarish rentabelligi, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida agrarsanoat majmuini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan. Qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi.
Manbalar
tahrir- Paxtachilik iqtisodiyoti va uni tashkil etish, T., 1980; Paxtachilik, 2nashri, T., 1990 (hammualliflikda).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |