Shayxzoda Mahmud
Shayxzoda Mahmud (15-asr oxiri 16-asr) — naqqosh va musavvir. Behzod, Ogʻa Miraklardan taʼlim olgan. Avval Sulton Husayn Mirzo saroyida ijod etgan, keyinchalik (1529-yil Ubaydullaxon Hirotni egallagach) Mir Ali Hiraviy bilan birga Buxoroga kelgan, Behzod anʼanalarini davom ettirib samarali ijod etgan va oʻziga xos maktab yaratgan. Musavvir Hofiz Sheroziyning "Devon"i, Abdurahmon Jomiyning "Tuhfat ulafkor" (AQSH, Vashington, Sakkler galereyasida), "Haft manzar", Nizomiy Ganjaviyning "Mahzan ulasror" (Parij milliy kutubxonasida), Saʼdiy Sheroziyning "Boʻston" (Fransiya, Gulbekiyan va Kayr toʻplamida), "Ravzat ulmuhibbin" (Hindiston, Haydarobod, Salar Jang muzeyida) qoʻlyozmalariga miniatyuralar yaratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |