Vladimir Petrovich Shcheglov

(Shcheglov Vladimir Petrovichdan yoʻnaltirildi)

Vladimir Petrovich Shcheglov (1904.15.6, Oryol viloyati Zarechye qishlogʻi — 1985.23.1, Toshkent) — astronom olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi matika fanlari doktori. Toshkent astronomiya rasadxonasida ilmiy xodim (1933—41), direktor (194183). Asosiy ilmiy ishlari noyob astronomik asboblar yordamida yudduzlarni kuzatib, aniq vaqtni belgilash va ular orqali joylardagi geografik uzunliklarning oʻzgarib borishini tekshirishga bagʻishlangan. Sh. Ulugʻbek rasadxonasining geografik koordinatalarini va asosiy asbobi oʻqining azimutini aniqlagan. Ya. Geveliyning mashhur "Yulduzlar osmoni atlasi"ni qayta nashr ettirib, unga Ulugʻbek zamonasidagi astronomiyaga oid maqola yozgan. Xalqaro astronomiya ittifoqi aʼzosi. Kichik sayyoralardan biriga uning nomi berilgan.

Manbalar

tahrir
  • K voprosu o geograficheskix koordinatax i azimute sekstanta observatorii Ulugbeka v g. Samarqande, Astr. j.t. XXX, 1953; Astronomicheskiye azimutg zemnnx predmetov kak indikatorm vrashatelnix dvijeniy materikovnx blokov, Astr. j., t. 54, 1977; Ulugʻbek observatoriyasi, T., 1979; "Yan Geveliy. Atlas zvyozdnogo neba", T, 1981.