Sheguy
Sheguy — Gʻarbiy turk xoqonligi hukmdori (610—618).
Mashhur turk xoqoni Qorachurin (Tardu; 576—603) xoqonning oʻgʻli, Tun yabgʻuning (619— 630) akasi. Sh. davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlagan. U Bahrom Chubin tomonidan Eronga buysundirilgan (589). Amudaryoning yuqori havzalaridagi viloyatlarni qaytadan xoqonlik tarkibiga kiritgan va Eronning shim.sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, Sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishgan va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritgan. Sh. oʻz hokimiyatini mustahkamlash uchun boshqaruvda bir qator oʻzgarishlarni amalga oshiradi. Xususan, Gʻarbiy Turk xoqonligiga tobe sulolalar oʻrniga bevosita xoqonlik tomonidan tayinlangan noiblar qoʻyilgan.
Adabiyotlar
tahrir- Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |