Shen Longyuan (talaffuzi: Shen Lonyuan) (1985-yil 2-martda Shanxayning Yangpu shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning „Rizhao Yuqi“ klubida oʻynaydi.

Shen Longyuan
沈龙元
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-mart 1985-yil (1985-03-02) (39 yosh)
Tavallud joyi Yangpu, Shanghai, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9.7 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rizhao Yuqi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Shanghai 02
2002 Shanghai COSCO Huili
2003 Shanghai Shenhua
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2010 Shanghai Shenhua 69 (3)
2011 Hangzhou Greentown 21 (1)
2012—2013 Chongqing F.C. 40 (0)
2015 Shanghai Jiading Boo King
2016—2017 Shanghai JuJu Sports 38 (6)
2018—2020 Taizhou Yuanda 32 (3)
2021 Shanghai Huajiao
2022 Rizhao Yuqi 0 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Xitoy 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-mart 2010-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Shen Longyuan oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2004-yilda „Shanhai Shenxua“ yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng boshlagan. U 2004-yil 23-oktabrda „Shenxua“ safida „Qingdao Zhongneng“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazgan va 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan vaqtda zaxiradan maydonga tushgan[1]. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng u butun mavsum davomida faqat bitta liga oʻyinida maydonga tushgan. 2006-yilgi liga mavsumiga kelib u koʻproq maydonga tusha boshlagan va 2006-yil 9-sentyabrda Shen oʻzining birinchi ligadagi golini BeijingGuoanga qarshi oʻyinda kiritgan[2]. 2008-yilgi liga mavsumida Jia Xiuquanning doimiy oʻyinchisiga aylana boshlagan. 2010-yil liga mavsumi boshida Miroslav Blaževich bosh murabbiy boʻlib kelganida, u Shenni kamdan-kam maydonga tushirgan.

Shartnomasi 2010-yil liga mavsumi oxirida tugaganidan soʻng u Shanghai Shenhuani tark etadi va 2011-yilning yanvarida Hangzhou Grintaunga qoʻshiladi. Hangzhohuda Shenhuaning sobiq mmurabbiyi Vu Jingui qoʻl ostida harakat qiladi. 2011-yil 1-mart kuni Hangzhouning mavsumdagi birinchi oʻyinida Shen 2011-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Nagoya Grampusga qarshi debyut qilgan, bu oʻyinda Hangzhou 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[3].

Shen 2012-yilning fevral oyida Xitoyning birinchi ligasiga yangi kelgan „Chongqing“ klubiga oʻtgan[4]. U 2013-yilgi mavsum oxirida Chongqing tarqatib yuborilganidan soʻng, Superliganing „Tianjin TEDA“ klubi bilan bogʻlangan[5]. Shen 2014-yil avgust oyida Xitoyning ikkinchi liga jamoasi „Fujian Broncos“ga oʻtgan[6]. 2016-yil 14-mart kuni Shen Shanghai Jiading Boo King havaskor klubi bilan shartnoma mojarosini hal qilgandan soʻng Shanghai JuJu Sports ikkinchi liga klubiga qoʻshilgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

U bir necha mavsum davomida Xitoy olimpiya (U-23) futbol jamoasida muntazam maydonga tushgan. Keyinchalik u 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi musobaqada ishtirok etgan va u yerda guruhning soʻnggi oʻyinida Xao Junminning oʻrniga maydonga tushgan[8].

Shen Longyuan xalqaro maydondagi debyutini Tailand milliy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:3) oʻtkazgan, u 46 daqiqada Vang Dongning oʻrniga maydonga tushgan[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai Shenhua 2004 Xitoy Super Ligasi 2 0 0 0 1 1 0 0 0 0 2 0
2005 1 0 0 0 0 0 - - 1 0
2006 10 1 1 0 - 3 0 - 14 1
2007 11 0 - - 0 0 0 0 11 0
2008 19 1 - - - - 19 1
2009 19 1 - - 5 0 - 24 1
2010 7 0 - - - - 7 0
Jami 69 3 1 0 1 1 8 0 0 0 79 4
Hangzhou Greentown 2011 Xitoy Super Ligasi 21 1 1 0 - 4 0 - 25 1
Chongqing F.C. 2012 Xitoy Birinchi Ligasi 21 0 1 0 - - - 22 0
2013 19 0 2 0 - - - 21 0
Jami 40 0 3 0 0 0 0 0 0 0 43 0
Shanghai JuJu Sports 2016 Xitoy Ikkinchi Ligasi 18 6 5 4 - - - 23 10
2017 20 0 0 0 - - - 20 0
Jami 38 6 5 4 0 0 0 0 0 0 43 10
Taizhou Yuanda 2018 Xitoy Chempionlar Ligasi - - - - - - -
2019 Xitoy Ikkinchi Ligasi 27 3 3 1 - - - 30 4
Jami 27 3 3 1 0 0 0 0 0 0 30 4
Karyerada jami 195 13 13 5 1 1 12 0 0 0 221 19

Manbalar tahrir

  1. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. sports.sohu.com (2004-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  2. „申花小胜国安暂居次席 御林军主场连胜纪录作古“. sports.sohu.com (9-sentabr 2006-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  3. „AFC CHAMPIONS LEAGUE 2011 MATCH SUMMARY“. the-afc.com (1-mart 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  4. „重足引援最新动向:路姜离队 沈龙元小马丁搞定“. Sohu (13-fevral 2012-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  5. „泰达追内援又有新目标 瞄准自由人沈龙元李思源“. Sohu (25-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  6. „福建超越来了两张新面孔“. Netease (2014-yil 2-avgust). 22-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  7. „沈龙元与搏击长空解约 自由身转会中乙职业球队“. 163.com (14-mart 2016-yil). Qaraldi: 15-mart 2016-yil.
  8. „China, PR Brazil Olympic Games 2008 - Football Lineups“. football-lineups.com (13-avgust 2008-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  9. „China, PR vs Thailand in Friendlies 2008 - Football Lineups“. football-lineups.com (15-mart 2008-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.