Sherobod sement zavodi
Sherobod sement zavodi — Dastlab Olmaliq kon metallurgiya kombinati tarkibida oʻz ish faoliyatini boshlagan[1]. Sherobod katta xom ashyo zaxirasiga ega. Tumanda sement, ohaktosh va tuproq(glina) konlari mavjud. Sherobod sement zavodi loyihaning umumiy qiymati 212,8 million dollarni tashkil etadi. Sement zavodida yiliga 1,5 millon tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi. Sherobod sement zavodida 1200 ta mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.
Sherobod sement zavodida yillik ishlab chiqarish salmogʻi 1.5 mln tonna. Qish mavsumida gaz va tok taqchilligi tufayli sement zavodi toʻliq kuch bilan ishlay olmaydi[2]. Elektr toki yetarlicha boʻlgan vaqtlarda zavod toʻliq kuch bilan ishlaydo va soatiga 6.000 kilovatt energiya ishlab chiqara oladi. Sherobod sement zavodi Markaziy Surxon-500 stansiyasidan soatiga 20-25.000 kilovatt elektr energiyasini olib kelmoqda. Zavodning yangi energoblogi ishga tushsa tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19.000 kilovatgacha kamayishi mumkin. Buning natijasida eletr energiyasi 30%gacha tejalishi mumkin. Buning natijasida zavod 60.000.000 soʻmgacha elektr energiyasining oʻzidan tejab qoladi. Sherobod sement zavodida qurilayotgan energoblok balandligi 50 metr va eni 32 metrni tashkil qiladi. Sherobod sement zavodida eng zamonaviy va ilgʻor texniklardan, fan yutuqlaridan oʻrinli tarzda foydalanish mumkin. Sherobod sement zavodi toʻliq Yevropa standartlariga javob bera oladigan Markaziy osiyodagi saboqli sement zavodlaridan biri xisoblanadi[3]. Sherobod sement zavodida chiqadigan mahsulot nafaqat ichki bozorda balki qoʻshni Afgʻonistonga ham eksport qilinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://yuz.uz/uz/news/sherobod-tsement-zavodida-ishlatilgan-gazdan-elektr-energiyasi-olinmoqda
- ↑ https://kun.uz/uz/02198133
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |