Sheroz miniatyura maktabi
Sheroz miniatyura maktabi — Eron tasviriy sanʼatidagi yoʻnalish. 14-asr 1-yarmida Sherozda yuzaga kelgan; bu davrda yaratilgan asarlar devoriy rasmlar mujassamotiga yaqin, ularda shakllar yirik, manzaralar umumlashma boʻlib, tilla, qizil va sariq ranglar yetakchilik qiladi. 14-asr oxiri — 15asr boshlaridan yaratilgan asarlar matn va qoʻlyozma bezaklari bilan uygʻunlashib, murakkab koʻp shaklli mujassymotlar ortdi, kishilar va manzaraga eʼtiborning qaratilganligi, nafis rasmlar, ranglarga boyligi bilan ajralib turadi (Nizomiy, "Xamsa", 1479 va 1491, Rossiya milliy qutubxonasida). 16-asrda Sheroz miniatyura maktabim vakillarining asarlari mayin, nozik ranglar gammasi, mujassamotlar qismlarigacha oʻta aniqlikda ishlanishi bilan diqqatga sazovor (Nizomiy, "Xamsa", 1532—42, Ermitajda va boshqalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |