Shi Ke
Shi Ke (talaffuzi: Shi Ke) (1993-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ jamoasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shi Ke | ||
Tavallud sanasi | 8-yanvar 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Xinyi, Jiangsu, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shandong Taishan | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006—2011 | Hangzhou Greentown | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011 | Wenzhou Provenza (Ijara) | 12 | (1) |
2012—2014 | Hangzhou Greentown | 65 | (1) |
2015—2020 | Shanghai SIPG | 127 | (0) |
2021 | Shandong Taishan | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010—2012 | Xitoy U-20 | 7 | (0) |
2013—2016 | Xitoy U-23 | 21 | (0) |
2013 | Xitoy | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-aprel 2021-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-noyabr 2019-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirShi Ke oʻz futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Vusi sport maktabidan Hangzhou Grintaun yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2011-yilgi mavsum uchun Xitoyning ikkinchi ligasidagi „Venchjou Provenza“ klubiga ijaraga berilgan. U klubdagi ilk golini 2011-yilning 17-avgustida Sichuan FKga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Shi 2012-yilda oʻsha paytdagi murabbiy Takeshi Okada tomonidan klubning asosiy jamoasiga chaqirilgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 25-martida Beijing Guoanga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Du Vey 2012-yil iyul oyida Shandong Lunengga oʻtganidan soʻng u tezda klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan.
2015-yilning 24-yanvarida Shi Xitoy Superligasi vakili „Shanhai SIPG“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 19-iyunida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (5:3) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 28-fevralida OChL-2017da „Western Sydney Wanderers“ga qarshi oʻyinda (5:1) kiritgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirShi Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2010-yil iyun oyida oʻsha paytdagi murabbiy Su Maozhen tomonidan olgan. U 2010-yilgi 19-yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichida Tailandga qarshi maydonga tushgan. Shi 2011-yil Tulon turnirida 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoada oʻynashni davom ettirgan va oʻsha paytdagi murabbiy Yan Olde Riekerink tomonidan sardor etib tayinlangan. U 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushgan, 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2012-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan.
Shi 2012-yilning aprel oyida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. U 2012-yilning 9-mayida 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoadagi debyutini Malavi bilan oʻyinda oʻtkazgan. U 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo kubogi saralash bosqichida qatnahsadigan jamoa tarkibiga kiritilgan. Xitoy 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan.
Shi birinchi marta 2013-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan. U 2013-yilning 28-iyulida Avstraliyaga qarshi oʻyinda (4:3) Yang Xao oʻrniga maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Wenzhou Provenza (Ijara) | 2011 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 12 | 1 | - | - | - | 12 | 1 | |||
Hangzhou Greentown | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 19 | 0 | 2 | 0 | - | - | 21 | 0 | ||
2013 | 23 | 0 | 1 | 0 | - | - | 24 | 0 | ||||
2014 | 23 | 1 | 1 | 0 | - | - | 24 | 1 | ||||
Jami | 65 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 69 | 1 | ||
Shanghai SIPG | 2015 | Xitoy Super Ligasi | 16 | 0 | 2 | 0 | - | - | 18 | 0 | ||
2016 | 27 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | - | 38 | 0 | |||
2017 | 23 | 0 | 5 | 0 | 12 | 2 | - | 40 | 2 | |||
2018 | 28 | 0 | 4 | 0 | 9 | 0 | - | 41 | 0 | |||
2019 | 19 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 26 | 0 | ||
2020 | 14 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 16 | 0 | |||
Jami | 127 | 0 | 15 | 0 | 36 | 2 | 1 | 0 | 179 | 2 | ||
Karyerada jami | 204 | 2 | 19 | 0 | 36 | 2 | 1 | 0 | 260 | 4 |
Xalqaro statistika
tahrirMilliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2013 | 1 | 0 |
2014 | 0 | 0 |
2015 | 0 | 0 |
2016 | 0 | 0 |
2017 | 0 | 0 |
2018 | 3 | 0 |
2019 | 5 | 0 |
Jami | 9 | 0 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirShanghai SIPG
Shandong Taishan
- Xitoy Superligasi : 2021
- Xitoy FA kubogi : 2021
Manbalar
tahrir- ↑ „上海上港夺中超首冠 纪录夜翻开历史新篇章“ (xitoycha). Thecfa.cn (8-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 30-iyul 2020-yil.
- ↑ „超级杯-王燊超传射侯永永首秀 上港2-0胜国安夺冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (23-fevral 2019-yil). Qaraldi: 30-iyul 2020-yil.