Shibliy
Abu Bakr ash-Shibliy, Abu Bakr Dulaf ibn Jahdar (ibn Jaʼfar)(861-yil – 946-yil) — bagʻdodlik soʻfiy, al-Junayd va al-Hallojning eng yaqin shogirdi va safdoshi[1].
Hayoti
tahrirSamarrada tugʻilgan, otasi xalifaning bosh hojibi, amakisi — Iskandariyada amir ul-umaro boʻlgan. Shibliyning oʻzi xalifa al-Muvaffaqning hojibi vazifasida ishlagan. 40 yoshida Shimoliy Erondagi Damovand viloyati voliysi etib tayinlangan, biroq toʻsatdan bundan voz kechib, Bag‘dodning mashhur soʻfiylaridan Xayr an-Nassoj huzurida (majlis) „tavba“ qilib soʻfiylikni ixtiyor etgan. Dastlabiga hissiyotga oʻta beriluvchan xarakterli Shibliy al-Halloj targʻib etgan „oʻta“ soʻfiylikka moyillik bildirgan. Biroq, taʼqib etishlar, soʻngra al-Hallojning qatl etilishi uni oʻz qarashlarini oʻzgartirishga majbur etib, al-Junayd va tarafdorlari kabi ehtiyotkorona mavqeni tutishiga sababchi boʻlgan boʻlsa kerak. Shibliy al-Hallojdan yuz oʻgirib, uni mumtoz shaxslar mulki boʻlgan „sirlar“ni ochganlikda qoralaganligi haqida maʼlumotlar bor. Al-Halloj qatlidan soʻng Shibliyning hulqi juda gʻalati boʻlib qolgan. Uning gʻalati qiliqlari (qimmatbaho kiyimlari va mushk anbarlarini yoqib yuborishi, oʻzini oʻzi qiynoqqa solishi va boshqa) hissiyotga oʻta beriluvchanligi uni telba deb hisoblashlariga olib keldi, shuning uchun bu davrda gʻayrifikrlovchilar va bid’atga qarshi kurash olib borayotgan Bagʻdod hukmron doiralari unga eʼtibor bermaganlar. Shibliyni shuningdek, badavlat xonadonda tugʻilganligi va oʻsha paytda shu kurash tashabbuskorlaridan boʻlgan molikiylar kutubxonasi 350 mazhabiga mansubligi ham kutqarib qolgan boʻlsa kerak. Huquqiy va Qur’on ilmlarida Shibliy, olimlarning fikricha, bu sohadagi eng kuchli allomalardan qolishmagan va hatto ulardan ustun turgan. Shibliyga nisbat beriladigan soʻfiyona sheʼrlar badiiy qimmatga ega. Uning tarjimai holiga oid parchalar, aytgan soʻzlari va sheʼrlarini barcha moʻtabar soʻfiylik risolalaridan topish mumkin. Uning Bagʻdoddagi qabri saqlangan va bugungi kunda ham ziyoratgoh sanaladi[2].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Shibliyga tegishli iqtiboslar mavjud. |