Shihobuddin Muhammad Nasaviy
Shihobuddin Muhammad Nasaviy (arabcha: شهاب الدين محمد نسوي — Shihobuddin Muhammad Nasaviy — Toʻliq ismi Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Ali ibn Muhammad Nasaviy (vafoti 1249-yil.) — Tarixchi.
Shihobuddin Muhammad Nasaviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tarixchi |
Faoliyati
tahrirNasaviy 1220-24-yillarda mo‘g‘ullar istilosiga qarshi kurash olib borgan va 1224-yildan Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi bo‘lgan, uning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1241-yil arab tilida „Siyratu-s-sulton Jalo-liddin Manguberdi“ („Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti tafsiloti“) nomli asar yozgan. Asarda Movarounnahrning bosib olinishi bilan bog‘liq voqealar bayon etilgan. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli to‘g‘risida qimmatli maʼlumotlar bor. Asar XIII asr oxirlarida fors tiliga tarjima qilinib, Tehronda, uning arab nusxasi Parij, Qohirada, ruscha tarjimasi Bokuda va o‘zbek tilida Toshkentda (1999-yil.) nashr etilgan.[1]
Asarlari
tahrir„Siyratu-s-sulton Jalolid-din Manguberdi“.
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 432.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |