Shilimshiqtoifalar boʻlimi – myxomycota. Shilimshiqtoifalar gctcrotrof organizmlar guruhiga kiradi. Yashash sharoiti, hujayrasining tuzilishi va oziqlanishi jihatidan shilimshiqtoifalar sodda bir hujayrali hayvonlarga koʻproq oʻxshash boʻladi. Ayniqsa, shilimshiqtoifalarning akrozeyasimonlar sinfi vakillari amyobalarga oʻxshash fagotsitoz usulda oziqlanadi. Hujayralari qalin qobiq hosil qilmaydi. Shuning uchun ularning hujayralari oʻz shaklini oʻzgartirishi mumkin. Bunday hujayralar yalangʻoch hujayralar yoki plazmodiylar deb ataladi. Shilimshiqlarning diploid plazmoid hujayralari qoʻshilib plazmoid massasini, yaʼni koloniyaga oʻxshash (miksogastrasimonlar va plazmodioforasimonlar sinflari) yoki soxta plazmodiylar (psevdoplazmodiy) massasini (akrozeyasimonlar sinfi) hosil qiladi.

Shilimshiqtoifalar saprofit yoki parazit holda hayot kechiradi. Saprofit hayot kechiruvchi koʻpchilik vakillarida oʻsish va rivojlanish davriga qarab oziqa, namgarchilik va yorugʻlikka nisbatan oʻziga xos intilish yuzaga keladi. Masalan, plazma massasining oʻsish davrida ijobiy trofo-, gidro- va reotaksis hamda salbiy fototaksis, koʻpayish oldidan esa ijobiy fototaksis yuzaga kelib, ular yashash joylaridan (barglar ostidan, toʻnkalar kavagidan) yorugʻlik yetarli boʻlgan joylarga, yaʼni barg va toʻnkalar ustiga, ayrimlari esa daraxt shoxlariga chiqib ketishi mumkin.

Shilimshiqlarning saprofit vakillari organik moddalarning qoldiqlari, bakteriyalar va mayda suvoʻtlari bilan oziqlanadi va oddiy boʻlinib, shilimshiqlangan koʻpiksimon massa hosil qiladi. Ushbu massa yorugʻlikka chiqqach, oq, sariq, qizil va boshqa ranglarda hamda shakli jihatidan xilma-xil boʻlgan spora hosil qiluvchi sporokarpga aylanadi. Odatda, spora hosil boʻlishidan oldin hujayra rcduksion boʻlinadi. Ayrimlarining sporokarplari ustida etaliy deb ataluvchi umumiy qobiq yuzaga keladi. Deyarli barcha plazmatik massa hosil qiluvchi shilimshiqlarda jinssiz koʻpayish hosilasi, yaʼni sporalar koʻp uyachali sporangiylarda yuzaga keladi. Faqat serotomiksa vakilida bir uyachali sporangiylar hosil boʻladi. Koʻpchilik vakillarda sporalar kapillatsiy deb ataluvchi ipchalar ustida joylashadi. Ushbu ipchalar sporangiyni yumshatib, sporalari tarqalishiga ham yordam beradi. Qulay sharoitga tushgan spora bir yoki bir necha ameboid hujayralarni vujudga keltiradi. Ameboid hujayra, oʻz navbatida, zoospora hosil qilishi, zoosporasi esa bir necha marta boʻlinib koʻpaygach, oʻzaro qoʻshilib diploid holga oʻtishi mumkin. Ayrim vakillarida ameboid hujayralar zoospora hosil qilmasdan oʻzaro qoʻshiladi va diploid miksoamyobani hosil qiladi. Diploid

miksoamyobaning yadrolari mitoz yoʻli bilan boʻlinib, koʻp yadroli plazmoid massasiga aylanadi. Ayrim vakillari noqulay sharoitda qattiq qobiqli sklcrotsiy hosil qiladi. Sklcrotsiy mitscliylarning zichlashib, oziqa moddalarning koʻp miqdorda toʻplanishi natijasida yuzaga keladi. Ular sporalariga oʻxshash oʻn yillab oʻsish xususiyatini saqlab qolishi mumkin.

Shilimshiqtoifalarning plazmodioforasimonlar (Plasmodiopho- romycetcs) sinfiga mansub vakillari parazit holda hayot kcchiradi. Ularning ham vegetativ tanasi koʻp yadroli plazmodiy shaklida boʻlib, xoʻjayin hujayrasi ichida sporalarini vujudga kelliradi. Ushbu sinfning tipik vakillaridan biri karam kilasi nomi bilan tanish boʻlgan kasallikni kcltirib chiqaruvclii plazmodiofora brassika (Rlasmodiophora brassicae) boʻlib, u karamning ildiz hujayralarida parazitlik qilib yashaydi. Kasallangan karamning hujayralari izchillik bilan boʻlina boshlaydi. Boʻlingan hujayralarning har biriga plazmodiyning bir qismi oʻtadi. Karam hujayralari tez boʻlinishi uchun esa plazmodiy oʻzidan stimulator moddalar ajratib chiqaradi. Shunday qilib, behisob boʻlinayotgan hujayralarga oziqa moddalar koʻp miqdorda oqib keladi va ildizda shish paydo boʻladi (2.35). Oziqa moddasi kamayib qolgach, plazmodiylarning har bir yadrosi atrofida sitoplazma toʻplanib, qobiq hosil qiladi. Spora hosil boʻlishidan oldin yadrolar reduksion boʻlinadi. Shuning uchun sporalar gaploid xromasomalar soniga ega boʻladi. Sporadan oʻsib chiqqan plazmodiy yana ildiz tuklari hujayrasiga kirib, bir necha marta boʻlinadi va avvaliga bir necha bir yadroli, keyin koʻp yadroli massaga aylanadi. Ushbu hujayralar esa erkin, gameta xususiyatiga ega gaploid zoosporalarini yuzaga keltiradi. Zoosporalar tuproqdagi suvda biroz suzib yurgach oʻzaro qoʻshilib, planozigotaga aylanadi.

Planozigota ikkinchi marta ildiz hujayralari poʻstlogʻiga kirib, haqiqiy koʻp yadroli plazmodiyni hosil qiladi. Spora hosil boʻlish jarayonida qoʻshyadrolar oldin qoʻshilib, keyin yana reduksion boʻlinadi.

Plazmodiofora bilan kasallangan karam nobud boʻladi yoki bosh 23S. Karam kilasi (Plasmodio. tortmasi faqat barglardan iborat phora brassicae) bilan kasallangan boʻladi.