Shilpildoq
Shilpildoq — xamirdan tayyorlanadigan taom turi. 1 kg qoʻy yoki mol goʻshtini qozondagi suvga solib, sust olovda 1—1,5 soat davomida qaynatiladi. Goʻsht pishgach, shoʻrvadan olib toʻgʻraladi, sardagi esa yigʻib olinadi. Sardakka toʻgʻralgan pishgan goʻsht, 2—3 bosh piyoz, oshkoʻklar, 1—2 ta mayda toʻgʻralgan sabzi qoʻshib bir oz qaynatiladi, tuzi taʼbga qarab solinadi. Bugʻdoy unidan xamir qorib, ozroq oʻrab qoʻyiladi, soʻng yupqa qilib yoyiladi va 5x5, 7x7 sm kattalikda kesiladi. Kesilgan tayyor xamir goʻsht qaynagan suvda pishirib laganga suziladi ustiga sardak va oshkoʻk solib dasturxonga tortiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |