Shimoliy passat oqimlari — Atlantika va Tinch okeanlardagi gʻarbga yoʻnalgan yuza oqimlar. Barqaror shim.sharqiy passat shamollari taʼsirida 10—30° shahrik.lar oraligʻida yuzaga keladi. Tezligi 0,4—1,8 km/soat. Suvining temperaturasi 24—29°. Oʻrtacha suv sarfi 50—80 mln. m³/sek. Shimoliy passat oqimlario. Shimoliy yarim sharda subtropik suv aylanishining jan. sektorlarini yuzaga keltiradi. Kanar hamda Kaliforniya oqimlarining davomi, muvofiq ravishda Golfstrim va Kurosio oqimlarining boshlanishi hisoblanadi.