Shirchoy
Shirchoy — choy va sutdan nonushta uchun tayyorlanadigan issiq ichimlik. Qozonga 0,5 l suv quyib qaynatiladi. Soʻngra 2—3 choy qoshiq quruq choy solinadi, shamasi yozilgach, 2,5 l sut va ozroq tuz solib yana 8—10 min. qaynatiladi. shahrini qaymoqdan ham tayyorlash mumkin. Qozondagi qaynatilgan 1,5— 2 l suvga 2—3 choy qoshiq quruq choy solib qaynatiladi, soʻngra qaymoq (1 kg) aralashtirib, taʼbga qarab tuz solinib, yana 3—4 min. qaynatish davom ettiriladi. Tayyor Sh. piyolalarda nonushta dasturxoniga tortiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |