Shirinpoʻchoq
Shirinpoʻchoq - oʻrtapishar qovun navi. Tuxumsimon, uch tomoni ingichka, tor, uzun. Uzunligi 30—40 sm, ogʻirligi 4—5 kg. Sirti sal boʻgʻimli, toʻla toʻr bilan qoplangan, toʻrlari mayda yoki oʻrtacha, dagʻalroq. Tusi yashilsariq, ochiq rangli, sirtidagi gullari egributri, deyarli tutash, bir xil kenglikdagi tor yoʻllardan iborat, gullarining tusi toʻq yashil. Poʻsti qattiq, eti yashil yoki oq, qalinligi 4—5 sm, qumoqqumoq, sal karsillaydi, shirin. Tarkibida 7,5—8,4% qand moddasi bor. Niholi unib chiqqanidan keyin hosili 80—95 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Uncha uzoq boʻlmagan joylarga olib borishga yaroqli. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida rayonlashtirilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |