Shishatekstolit
Shishatekstolit - shisha matolar (toʻldirgich) ga sintetik smola (bogʻlovchi) shimdirib tayyorlanadigan qatlamqatlam plastik material. Shishatekstolit tayyorlashda ishlatiladigan shisha matolar bir qatlamli, koʻp qatlamli (hajmiy oʻrilishli) va har xil tolali (qarang Shisha tolalar) boʻlishi mumkin. Koʻpincha, bir qatlamli shisha mato bir necha qatlam qilib ishlatiladi. Shishatekstolitdan murakkab shaklli yirik buyumlar va list materiallar tayyorlashda, elektrotexnika va radiotexnikada elektr izolyatsiya materiali sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |