Shivit oshi
Shivit oshi (Xorazmcha lagʻmon, yashil lagʻmon[1][2]) — Lagʻmon turlaridan biri. Manbalarga koʻra Xivada paydo boʻlgan[3]. Xorazmning barcha tumanlarida tayyorlanadi[1]. Ugrasi shivit bilan aralashtirilishi natijasida och yashil tusga kiradi[3]. Goʻshtli qayla va suzma bilan dasturxonga tortiladi[4]. Mineral tuzlarga va vitaminlarga boy boʻlganligi uchun yozning jazirama issiq kunlarida isteʼmol qilish tavsiya etiladi[5]. Taomning tayyorlash usuli 1958-yilda Toshkentga ko‘chib kelgan xivalik oshpaz Rajab Sattarov tufayli ma‘lum bo‘lgan[6].
Xorazmcha yoki yashil lagʻmon | |
Turi | lagʻmon |
---|---|
Milliy oshxona | Oʻzbek oshxonasi |
Kelib chiqishi | Xiva, Oʻzbekiston |
Asosiy komponentlari | un, oʻsimlik moyi, suv, sut, goʻsht, piyoz, shivit, qatiq. |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Матчанова & 2022 753.
- ↑ „Xorazm milliy oshxonasi“. Xorazmiy.uz. Qaraldi: 8-oktyabr 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Рустамбоева & 2022 620.
- ↑ Сиротина 2023.
- ↑ Doʻstjonov, 1994 & 32.
- ↑ „Xorazm milliy taomi – Shivit oshini tayyorlash video-retsepti“. Uzbekistan.travel. Qaraldi: 8-oktyabr 2024-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Doʻstjonov B. Xorazm taomlari. Toshkent: Oʻzbekiston, 1994 — 88-bet. ISBN 5-640-01654-X.
- Матчанова А.Э. ҚУЙИ АМУДАРЁ МИНТАҚАСИДА ТУРИЗМ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНГАНЛИГИ ГАСТРОНОМИК ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ // Экономика и социум. — 2022.
- Рустамбоева Х.М. Особенности развития гастрономического туризма в Хорезме // Экономика и социум. — 2022.
- Сиротина Д. Мой Узбекистан. КоЛибри, 2023 — 360-bet. ISBN 978-5-389-23720-9.