Shkoder (shahar)
Shkoder, Shkodra — Albaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Shkoder retining maʼmuriy markazi. Aholisi 82 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Skadar koʻli sohilidagi bandargoh. Toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, tamaki, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari bor. Rozafat qalʼasi (14-asr) qoldiqlari saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |