Shlezviggolshteyn
Shlezviggolshteyn - Germaniya yeri. Maydoni 15,7 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Kil shahri Mamlakat shim.da, Yutlandiya yarim orol va Shimoliy Germaniya pasttekisligida joylashgan. Shimoliy va Boltiq dengizlari oʻrab turadi. Yer yuzasi sharqiy va jan.sharqiy qismida sertepali tekislik. Sh.G. — Germaniyaning aholisi siyrak yeri. Xoʻjaligi industrialagrar xarakterga ega. Kemasozlik rivojlangan. Oziqovqat, mis eritish, toʻqimachilik, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlanadi. Yirik shaharlari: Lyubek, Kil, Rendsburg, Xeyde va boshqalar Qishloq xoʻjaligida goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Sh.G.ning jan.sharqiy qismida donli ekinlar, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot ekinlari ekiladi. Turizm rivojlangan.
Qadimda Sh.G. 2 qismdan: Shlezvig gersogligi va Golshteyn grafligidan iborat boʻlgan. 1386-yilda yagona Golshteyn grafligiga birlashtirilgan. 1460-yildan Daniya qirolligi tarkibida. 1864-yilgi Daniya urushi oqibatida Avstriya boshqaruvi ostiga oʻtdi. 1866-yilgi Avstriya—Prussiya urushi natijasida Prussiya provinsiyasi hisoblandi. 1949-yildan Germaniya yeri.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |