Heinrich Schliemann
(Shliman Genrixdan yoʻnaltirildi)
Heinrich Schliemann (talaffuzi: Genri Shliman; 1822. 6.1— 1890.26.12) — nemis arxeologi. 1863-yil tijorat ishlarini tashlab Gomer dostonidagi yerlarni axtarish bilan shugʻullangan. 1869-yil qadimiy Troya oʻrni Kichik Osiyodagi Hisorlik (Gissarlik) tepada boʻlgan degan fikrni bildirgan. U yerda 1870-73, 1878-79, 1882-83, 1889—90 yillarda, shuningdek, Mikena (1876), Itaka o. (1878), Orxomen (1880-86), Tirinf (1884-85) da qazish ishlari olib borgan. Sh. Gomer dostoni faktik asosga ega ekanligini isbotlagan, shuningdek, egey madaniyati (kritmiken madaniyati)ni ochgan. Bu madaniyat Sh. vafotidan soʻng G.Evans tomonidan tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |