Shlyuz
Shlyuz (gollandcha §1sh5, lot. yexs1is1o — boʻlaman) — 1) navigatsiyada — kemalarni daryo yoki kanallarga bir suv sathidan ikkinchi suv sathiga oʻtkazish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti. Devorlar va darvozalar bilan ajratilgan kameradan iborat. Kemalarni quyi sathdan yuqori sathga oʻtkazish uchun pastki darvoza ochiladi, kemalar kameraga kirgizilgach, darvoza yopiladi, soʻngra alohida galereya (yoʻl) yordamida kamera suvga toʻlgʻaziladi. Kameradagi suv sathi yuqorigi suv sathi bilan tenglashganda yuqorigi darvoza ochiladi va kemalar kameradan chiqarib yuboriladi. Kemalar yuqori sathdan quyi sathga tushirilayotganda suv chiqarilib, yuqori suv sathi quyi suv sathi bilan tenglashganda pastki darvoza ochiladi va kema chiqarib yuboriladi.
SH.lar bir yoki koʻp kamerali, bir pogʻonali yoki koʻp pogʻonali boʻladi. Sh.larning oʻlchami daryo yoki kanallarning kattakichikligiga bogliq. Yirik shahrining chuq. 5–15 m, eni 35 m gacha, uz. 400 m gacha qilib quriladi. Kamera suv keltirish qurilmalari vositasida suvga toʻldiriladi yoki suvdan boʻshatiladi; 2) metallurgiyada — foydali qazilmalarni boyitish uchun rudalarni saralash apparati; suv va mayda rudalar aralashmasi oʻtkaziladigan tubi oʻnqirchoʻnqir (bruscha, yoʻlyoʻl rezinalar va boshqalardan iborat) qiya nov koʻrinishidagi qurilma. Tubida ogʻir minerallar va metallar choʻkib qoladi. Koʻp yarusli va avtomatik turlari bor; 3) kosmonavtikada — Sh. boʻlmasi — kosmik kema (KK) ning germetik boʻlmasi; kosmonavtlarning kabinaning germetikligini buzmay KK dan ochiq kosmosga chiqishiga xizm.at qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |