Shoʻr-Buloq — Jalolobod shahridagi dam olish joyi. Bu maskanni koʻpchilik ulugʻ joy deb atashadi. Jalolobodliklarning aytishicvha bu yerda ulug avliyolar va hatto paygʻambar Ayyub alayhi vassalom ham oʻtgan deyishadi.

Tarixi tahrir

Shoʻr buloq tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak taxminan 3 ming yillar avval Ayyub paygʻambar davrida. Ayyub paygʻambarni ustiga qurt tushadi va qurtlar badanini butun qismini qoplaydi. Shunda Ayyub paygʻambar Allohga yolvoradi va Alloh taolo yerni tep deb nido qiladi Ayyub alayhi sallom yerni tepadi, yerdan buloqlar chiqa boshlaydi. Ayyub paygʻambarning butun vujudidagi yaralar tuladi qurtlar qolmaydi. Badani esa xuddi 18 yosh bolani badanidek boʻlib qoladi. Shu tariqa Shoʻr-buloqni insonlar ziyorat qila boshlaydi.