Shoʻrashoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Moʻʼtadil iqlimli zonalarda shahrining xushboʻy Sh., sassiq Sh., serbarg Sh. (Chenopodium foliosum (Moench) Aschers.), koʻk Sh. (С. ёкисигл.), qizgʻish Sh. (Ch. rubrum),oq Sh. (C. album), dumbul Sh. (C. murale) va boshqalar turlari tarqalgan. Boʻyi 10—100 sm, barglari bandli, uchburchak yoki tuxumsimon, gʻubor bilan qoplangan. Gullari roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. May — sentyabrda gullab urugʻlaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Oʻzbekistonda Sh. bahorgi begona oʻt sifatida deyarli barcha maydonlarda uchraydi.

Kurash choralari: chuqur kuzgi shudgor; kultivatsiya; almashlab ekishni yoʻlga qoʻyish; dalaga chirigan goʻng, ekin ekishdan avval kimyoviy preparatlardan treflan, ekish davrida esa kotoran, kotofor, prometrin solish; makkajoʻxori ekiladigan dalalardagi shahriga qarshi agelon, atrazin yoki simazin qoʻllash.