Shoʻrbutashoʻradoshlar oilasiga mansub chala buta. Boʻyi 50—150 sm. Poyasi tuklar bilan qoplangan. Barglari navbatlashib joylashadi, mayda, seret. Toʻpguli yoyiq roʻvaksimon. Gullari ikki jinsli. Iyulsentyabrda gullab, meva beradi. Oʻzbekistonda shoʻrxok yerlarda, ekinlar orasi va boshqalar yerlarda begona oʻt holida uchraydi.