Shoʻroʻzak botigʻi
Shoʻroʻzak botigʻi - Mirzachoʻlning sharqiy qismidagi botiq. Sirdaryoning qadimiy oʻzanlaridan biri. Shoʻroʻzak botigʻi jan.sharqdan, shim.gʻarbga 60 km ga choʻzilgan. Oʻzan shakliga ega boʻlgan berk pastlik. Uning yon bagʻirlari Sirdaryo terrasalariga borib tushadi. Sugʻoriladigan yerlar orasida oʻyilgan relyef shaklida choʻzilgan. Qalinligi 20–30 m li qumoq, qumli gʻovak, gil togʻ jinslaridan tashkil topgan. Bu jinslar qalinligi 150–200 m li qumli shagʻal toshlar ustida joylashgan. Botiqda turli darajada shoʻrlangan oʻtloqboʻz va shoʻrxok tuprokdar tarqalgan. Tuproqlarning meliorativ holati murakkab.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |