Shonazar Shoabdurahmonov
Shoabdurahmonov Shonazar (1923.5.5, Toshkent shahri) — tilshunos olim, turkolog.
Shonazar Shoabdurahmonov | |
---|---|
Tavalludi | 1923.5.5 |
Kasbi | tilshunos, turkolog |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1974), filologiya fanlari doktori (1964), professor (1967). Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi til va adabiyot i-tida oʻzbek dialektologiyasi sektorining mudiri (1954—91), bosh ilmiy xodim (1991-98). 1971-74 yillarda mazkur institut direktori, 1974—76 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akademik kotibi.
Asosiy ilmiy faoliyati badiiy asarlar, xalq dostonlari tili, oʻzbek dialektologiyasi masalalariga oid. Shoabdurahmonov hozirgi oʻzbek adabiy tili imlosi, punktuatsiyasi, fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasiga oid yirik ilmiy tadqiqotlarning, oliy va oʻrta maktablar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarining hammualliflaridan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).
Manbalar
tahrir- Punktuatsiya qoidalari, T., 1953; Oʻzbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T., 1959 (keyingi toʻldirilgan nashrlari: 1962; 1977); Oʻzbek adabiy tili va oʻzbek xalq shevalari, T., 1962; Oʻzbektili grammatikasi, 1j., Morfologiya (hamkorlikda), T., 1975; Oʻzbek tili darsligi, 9sinf uchun (hamkorlikda), T., 1977 (keyingi nashrlar: 1978, 1980, 1982); Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism (hamkorlikda), T., 1980.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |