Shoh Mahmud Churos, Mirza Shoh Mahmud ibn Mirza Fozil Churos (17-asr) — tarixchi olim. Hayoti, asosan, Yorkend xonligining markazi — Yorkendda oʻtgan. Sh.Shoh Mahmud Churos Yorkend xonlari Abdullaxon, Ismoilxon, Abdurrashidxon, Muhammad Aminxonga bagʻishlab tarixiy asarlar yozgan. Beshta tarixiy asaridan "Anis attolibin" (1639—40) va "Tarixi Shoh Mahmud ibn Mirza Fozil churos" (1670; qisqacha "Tarix") asarlari bizgacha saqlanib qolgan.

SH.Shoh Mahmud Churos "Anis attolibin" asarini ishqiya tariqatining ishoqiyya suluki rahnamosiga bagʻishlangan. Uning fors tilidagi "Tarix" asari chigʻatoy xoni Ismoilxonga bagʻishlangan boʻlib, bu asar nufuzli saroy aʼyoni Erkebek taklifiga binoan yaratilgan. Muallif bu asarni yozishda Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asaridan keng foydalangan. Bu asar soʻz boshi va 118 ta bobdan iborat boʻlib, Sharqiy Turkiston (muallif iborasicha, Moʻgʻuliston)da 1670-yilgacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. Muallif oʻzi mansub boʻlgan churos qabilasi haqida mufassal maʼlumot bergan. Shuningdek, asarda qozoq xoni Tavakkal va ukasi Ishimxoyushsh Sharqiy Turkiston (Chalish va Turfon)dagi faoliyati ham yoritilgan. Asar qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Rossiya Davlat kutubxonasi (Moskva)da saqlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Materialm po istorii kazaxskix xanstv XV XVIII vekov, AlmaAta, 1969.