Shohbonu (Sukmanning rafiqasi)
Shohbonu (shuningdek Shoh-i Banup, Shohbonuvon nomi bilan ham tanilgan, turkcha: Şah Bânû, Şah-i Bânûp, Şâh Bânuvân; 1164-yildan keyin vafot etgan) – Saltuklu bekligining amiri Izedin Saltukluning qizi va Ahlat hukmdori Soʻkman II ning xotini.
Shohbonu | |
---|---|
Vafoti | 1164-yil |
Turmush oʻrtogʻi | Soʻkman II |
Otasi | Saltuk II |
Hayoti
tahrirIbn al-Asirning yozishicha, Shohbonu Saltuklu bekligi hukmdorining qizi, Izeddin Saltukluning singlisi boʻlgan[1]. Kotib Chelebiy uni „Silik“ning singlisi[2], Shoh-i Banup-xotun deb atagan[2]. Eduard von Zambaurning taxminlariga koʻra, Shohbonu Saltukluning singlisi hamda Alining qizi boʻlishi mumkinligi aytilgan. Aslida esa Shohbonu Saltukluning qizi boʻlgan[3][1][4][5].
Oilaviy holati
tahrirManbalarda uning nikohi haqida ham keltirilib oʻtilgan. Shohbonu Ahlat hukmdori Sukman II bilan turmush qurgan[6][7]. Xillenbard uni „mustaqil ayol“ deb tariflagan[8]. Ibn al-Azroq, ibn al-Asir va O.Turonning taʼkidlashicha, Shohbonuning nikohi 1148—1149-yilda tugatilgan[7][6].
Shohbonu ismi 1154-yilda Ahlatdagi inqiroziga aloqador shaxslar orasida ham tilga olingan. Vazir Bahovuddin Shohbonu va Sukmon II bilan janjallashib qolgani sababli Ahlatni tark etib, Xoʻyga yoʻl olgan. Biroq u yoʻlda qoʻlga olinib, Ahlatga qaytarilgach, zindonband etilgan va mol-mulki musodara qilingan[5].
1153—1154-yillarda Saltuklu gruzinlar tomonidan asirga olingan. Sukman II va Artukiy Nejmeddin Alpi (Saltukluning amakivachchasi) Saltuklu uchun 100 ming dinor fidya yuborgan. Shohbonu otasining ozod qilinishida katta rol oʻynagan[9][7][6]. Ibn al-Asirning yozishicha, „u Kurjlar podshosiga qimmatbaho sovgʻa yuborib, evaziga otasini qoʻyib yuborishni soʻragan“[10].
Koʻpchilik yilnomalarda yozilishicha Sukmanning oʻgʻli boʻlmagan. U singlisi va Artukid Najmiddin Alpning oʻgʻli Qutbuddin Gʻoziy II ni tarbiyalagan. 1164-yil boshida (boshqa baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa 1165-yilda) Shohbonu Faxriddin Qora-Arslonning qiziga uylangan Qutbiddin II-Gʻoziyning toʻyida hurmatli mehmonlardan biri boʻlgan[5][4]. Shohbonu Silvanda ajoyib ziyofat uyushtirib, shogirdlari va boshqa amirlarga turli dabdabali liboslar (toʻnlar) taqdim etgan[5].
Bekliklardagi ayollar boshqaruvda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan. Shohbonu ham erining eng yaqin yordamchisi boʻlgani taxmin qilinadi. Unga amaldor Asad ibn Ammar al-Xotiy yordam bergan. Shohbonu qurilish ishlarida koʻp ishtirok etgani aytib oʻtilgan. Uning buyrugʻiga asosan Bitlis dovonidagi eski yogʻoch koʻprik toshli qilib qayta qurilgan. Bundan tashqari, 1165-yilda u yana toʻqqizta tosh koʻprik, shuningdek, Bitlisdan Ahlat va Erzengacha boʻlgan barcha yoʻllarni qurdirgan. Shuningdek, u Bitlisning quyi qismida darvoza va dovon yaqinida karvonsaroy ham bunyod ettirgan. Bu karvonsaroyda 300 ga yaqin yuklarni joylash imkoniyati mavjud boʻlgan[11][5].
Tarixchi I. X. Erdem Shohbonuni „Sukmanning misli yoʻq xotini“[5] deb atagan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Özaydın 2009.
- ↑ 2,0 2,1 Кятиб Челеби 1973.
- ↑ Sümer 1990.
- ↑ 4,0 4,1 Sümer 1989.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Erdem 2002.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Atçeken, Yaşar 2016.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Turan 1998.
- ↑ Hillenbrand 1979, s. 373.
- ↑ Leiser 1995.
- ↑ Ибн-ал-Асир 1940.
- ↑ Kayhan 2021.
Adabiyotlar
tahrir- Kayhan H. Ahlatşah II. Sökmen ve Zamanı (1122—1185)(turk.) // Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi. – Fatih ÜNAL, 2021. – Andoza:Bsokr, Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. – ISSN 2548-091X.
- Özaydın A. Saltuklular(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 2009. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr.
- Şeker D. A. Mama Hatun(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 2003. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. Sümer F.[tr]. Ahlatşahlar(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 1989. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr.
- Sumer F. Saltuklular(turk.) // Selçuklu Araştırmaları Dergisi. – Selçuklu/Konya: Selçuk Üniversitesi, 1971. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. – ISSN 2548-0154.