Shohid Musayev
Shohid Musayev (1884-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik pedagog.
Shohid Musayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1884-yil Toshkent |
Vafoti | 1938-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrirShohid Musayev 1884-yilda Toshkent shahrining Podaxona mahallasida kosib va bogʻbon oilasida dunyoga kelgan. Musayev dastlabki taʼlim-tarbiyani mahalladoshi Odil qozi Mirtoji Qoriyevdan olgan. Uning taʼsirida zamonada sodir boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan tanishgan. Musayev boshlangʻich maktablarda oʻqituvchilik qilish davrida ustozining daʼvati va xorijda chiqqan adabiyotlar bilan tanishish orqali 1911-yilda Istanbulga borib, Sultoniya maktabiga oʻqishga kirgan.
Maktabni bitirib, Istanbul universitetning sotsiologiya fakultetida tahsil olgan. Dorilfununni bitirgach, oliygohning oʻzida ishlash uchun qoldirilgan. Shuningdek, Sultoniya maktabida ham oʻqituvchilikni davom ettirgan.
Inqilobdan soʻng, Boku shaxriga kelib ishlagan. Bokuga borgan toshkentlik ziyolilar uni oʻz vataniga kerak ekanligini tushuntirganlar. 1923–1925-yillarda Toshkentda joylashgan Navoiy nomidagi bilim yurtida oʻqituvchi, Narimonov nomidagi texnikumda mudir sifatida ishlagan.
1925-yilda Xalq Maorif komissarligiga nozir sifatida oʻtkazilgan. Shu yili Toshkent okrug pedagogika texnikumida ish boshlagan. Uning tilshunos Shokirjon Rahimiy bilan hammualliflikda yozilgan 4 jildli „Oʻzbekcha til saboqligi“ darsliklari butun mamlakatga tarqatilgan[1]. Ammo Turkiyada tahsil olgan va oʻquvchilarni milliy ruhda tarbiyalagani bois keskin tanqidlarga uchragan. 1926–1927-yillarda Ishchi fakultetida, 1928-yildan to qamoqqa olinguniga qadar qishloq xoʻjaligi texnikumida dars berib borgan. U shu yili OGPU Kollegiyasi „Maxsus kengashi“ning hukmi bilan uch yilga konsentratsion lagerga joʻnatilgan. 1929-yil 14-yanvarda OGPUning Ural viloyati Vishla shahridagi Bishlag lageriga yuborilgan.
Ayblov
tahrir1929-yil 1-martda Musayev jinoyat kodeksining 58-moddasi bilan ayblanib, uch yilga Gʻarbiy Sibir Uvitlagga joʻnatilgan. Jazo muddatini oʻtagach, yana soxta va tuhmat ayb bilan uch yil surgunga yuborilishi haqida qaror qilingan.
Muzayev jazo muddatini 1936-yilda oʻtab, vataniga qaytib kelgan va jumhuriyat kutubxonasida oddiy kutubxonachi lavozimida faoliyat yuritgan. Ammo 1937-yilning 19-avgustida qayta qamoqqa olingan[2].
Vafoti
tahrir1938-yilda oktyabr oyining 4-kuni sobiq SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasi koʻchma sessiyasi yopiq sud majlisida Shohid Musayev oliy jazoga hukm qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „“Ayblarimni tan olmayman, hammasi tuhmat”“. oyina.uz. 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.