Shohida Ismoilova (1957-yil 15-noyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – drama teatri va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Mehnat shuhrati ordeni sohibasi.

Shohida Ismoilova
Tavalludi
Ismailova Shohida Gaparovna

15-noyabr 1957-yil (1957-11-15) (66 yosh)
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Janr Drama
Faoliyat yillari 1980— hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Mahmud Ismoilov
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Faoliyati

tahrir

1976—1980-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida tahsil olgan. Ijodiy faoliyatini 1980-yilda Oʻzbek davlat drama teatrida boshlagan va u yerda aktrisa 20 dan ziyod obrazlar yaratgan. 1987-yildan to hozirgi kunga qadar Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bu yerda ham u 50 ga yaqin spektakllarda turli xarakterdagi obrazlarni yaratgan. Jumladan, „Oʻtgan kunlar“ spektaklida Kumush rolini sahnaga birinchi boʻlib olib chiqqan. "Yulduzli tunlar" spektaklida Xonzodabegim, "Mehrobdan chayon"da Gulshan, "Otello"da Dezdemona, "Mirzo Ulugʻbek"da Feruza, "Baxtli gadolar"da Anjelika, "Alla"da farzandsiz ayol, "Kunduzsiz kechalar"da Soliha, "Usmon Nosir"da Xolambibi, "Omonat dunyo"da Latofat, "Andishali kelinchak"da Oqoyim, "Oʻtgan kunlar"da Oftob oyim, "Alisher Navoiy"da enaga, "Mirzo Ulugʻbek"da Nigor xonim kabi bosh rollarni ijro etgan.

Shohida Ismoilova teatrdagi faoliyati bilan bir qatorda kino sohasida ham sermahsul ijod qilib, 40 dan ziyod kino va videofilmlar hamda milliy seriallarda obrazlar yaratgan. Kino olamida „Muhabbat bahori“ filmida bosh rollardan birini[1], "Oʻtgan kunlar" filmida Xushroʻybibi, "Oltin tulpor duoibadi"da Shohida, "Telba"da ona, "Faryod"da Saidning onasi hamda milliy seriallardan "Domla"da Sojida, "Charxpalak"da Mastura, "Imom Al-Buxoriy"da Buxoriyning onasi, "Oila"da Oydin, "Qaytar dunyo"da Oynisa, "Tutash taqdirlar"da Zebo kabi rollarni ijro etgan[2].

Aktrisa 1999-yili „Andijon bahori“ xalqaro teatrlar festivalida "Kunduzsiz kechalar" spektaklidagi Soliha roli uchun „Eng yaxshi ayol roli ijrochisi“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan.

Shohida Ismoilova 2010-yili Oʻzbek milliy akademik drama teatri qoshidagi „Tasanno“ bolalar teatr studiyasini tashkil qilgan. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar ushbu studiyada mashgʻulot olib boradilar. Studiya faoliyati davomida "Qorboboni qutqaring", "Shelkunchik", "Bayram sarguzashtlari", "Elchigul", "Buratino" kabi asarlarni sahnalashtirgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Shohida Ismoilova 1980-yilning 4-avgustida Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori Mahmud Ismoilov bilan turmush qurgan[3][4]. 3 qiz farzandning onasi.

Mukofotlari

tahrir

Aktrisa 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2021-yilda esa Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir